BIZ HAQIMIZDA


Innovatsiyalar Milliy Ofisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6198-son Farmoniga muvofiq: Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida, davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi (qisaqach — Innovatsiyalar Milliy Ofisi) tashkil etildi. Milliy ofisning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratish, joriy etish, ko‘paytirish va ularni tijoratlashtirish;
  • tijoratlashtirish imkoniyatiga ega ishlanmalarni tanlash, baholash va joriy etishda faol qatnashish, ularni tijoratlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, ushbu yo‘nalishda forumlar, xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalar o‘tkazish;
  • ilmiy, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlarni ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ilmiy va innovatsion sohada izchil hamkorligini rivojlantirish;
  • ilmiy faoliyat subyektlariga intellektual mulk obyektlari va nou-xaulardan foydalanish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda marketing usullarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv va trening kurslarini tashkil qilish;
  • xorijda ishlab chiqilgan texnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga ko‘maklashish.

FAOLIYATIMIZ

INNOVATSIYALARNI JORIY QILISH VA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI MILLIY OFISINING FAOLIYATI

Iqtisodiyot ehtiyojlarini o‘rganish

Ilmiy faoliyat natijalari

Innovatsion mahsulotlar

Yangi qurilmalar

Materiallar va texnologiyalar



Hamkorligini rivojlantirish

Ilmiy tashkilotlar

Loyiha-konstruktorlik

Texnologik tashkilotlar

Ishlab chiqarish tashkilotlari



Konsalting xizmatlari ko‘rsatish

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish

Moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish

Marketing usullarini qo‘llash

O‘quv va trening kurslarini tashkil qilish


Texnologiyalar transferi

Xorijda ishlab chiqilgan texnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga ko‘maklashish

Milliy texnologiyalarni xorijga transferini amalga oshirishga ko‘maklashish

Forumlar, xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalar o‘tkazish

Ishlanmalarni tanlash, baholash va joriy etishda faol qatnashish


Investitsiyalarni jalb qilish


Media