“Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari”

img

Joriy yilning 13-17 may kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki ekspertlari va mutaxassislari tomonidan “Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi tashkil etilgan seminar-treningni  2-turi yakuniga yetdi.
 
Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu seminar-trening  davomida mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlari ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo'linmalar va innovatsion jamg’armalarda faoliyat yuritayotgan kadrlarning malakasini oshirishga yordam beruvchi bilim va ko'nikmlar ulashildi. 
 
Seminar-treningda INNOWIUT tadbirkorlik laboratoriyasi direktori Sarvar Djalalov, "Tassvision group" asosochisi Shahzod Umirzoqov, Point AI startap asoschisi Azamat Hamidov, Axborot texnologiyalari va intellektual mulk huquqi mutaxassisi Vahobjon Yuldashevlar ishtirokida universitetlarda tijoratlashtirish va startaplarni qo'llab quvvatlash va xalqaro darajadagi startap tashkil qilish shuningdek intellektrual mulkni himoya qilish va tijoratlashtirilishi  mavzular yuzasidan bilimlarini ishtirokchilariga taqdim etdilar. Seminar-trening yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.