Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam.
![img](https://milliyofis.uz/public/upload/news/news-axborotdagi-tezkorlik-tahlillardagi-xolislik-chuqur-mushohada-bularning-barchasida-soz-yuki-masuliyati-mujassam-442b77695ed64957e60dece564182d92_bigImage_1920.png)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294 sonli “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolanishi bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida ham ko’plab islohotlar amalga oshirildi.
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni qutlugʻ va sharafli kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz!
Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!