Bo'lim boshlig'i

Madaminova Shaxnoza Aribjonovna





Madaminova Shaxnoza Aribjonovna 1983-yilda tugʻilgan.

Ma'lumoti:

Maʼlumoti oliy. 2015-yilda Guliston davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishini  tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2005-2012-yillar - Guliston tumani «Umidli yoshlar» ixtisoslashtirilgan maktab internatida tarbiyachi

2012-2012-yillar - «Respublikateleradiomarkazi» davlat unitar korxonasi Tijorat  xizmatlari ko‘rsatish bo'limida menejer

2012-2012-yillar - Toshkent pedagogika kollejida “Iqsodiyot asoslari” fani o‘qituvchisi

2015-2015-yillar - «Turonbank» Aksionerlik tijorat banki Guliston filialida 1-sonli omonat kassa nazoratchisi

2015-2016-yillar - Guliston shahar Xalk ta’limi bo‘limiga qarashli 15 - davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida bosh xisobchi

2019-2019-yillar - Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi ilm,taʼlim va iqtisodiyotning real sektorlari o‘rtasida va kommunikatsion maydonlar platformalar yaratish bo‘limi katta ilmiy xodim

2020-2020-yillar - O‘zbekiston Respublikasi innovatsion vazirligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish sektori bosh mutaxassis

2020 - 2021-yillar -  Innovatsion ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-amaliy markazi bosh xisobchi

2021 - yildan hozirgacha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi buxgalteriya hisobi va moliya bo‘limi bosh hisobchi.

Bosh mutaxassis

Rashidov Malik

Bosh mutaxassis

Ibodullayev Dostonbek

  Bo'lim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1. Mablag‘lar ajratish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha ma'lumotlar olish; 

2. Milliy ofisga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini monitoringini tashkil etish;

3. Milliy ofis ofisda buxgalteriya hisobini tashkil etish va to'liq va aniq boshqarish, moliya-xo'jalik operatsiyalari tartibini nazorat qilish;

4. Buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning o'z vaqtida va to'liq taqdim etilishini, shuningdek boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlaydi;

5. Respublika qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish;

6. Milliy ofis daromadlari va xarajatlari smetasida nazarda tutilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, mablag‘lar va moddiy boyliklarning saqlanishi ustidan muntazam nazorat olib borish;

7. Mablag‘lar, hisobvaraqlar va moddiy boyliklarni, shuningdek, boshqa aktiv va passivlarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda buxgalteriya hisobida aks ettirishni tashkil etadi;

8. Moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini ta’minlaydi;

9. Milliy ofis buxgalteriya hisobi, mablag'larning sarflanishini nazorat qiladi, shuningdek, hisob-kitoblarning o'z vaqtida amalga oshirilishini va moliyaviy hujjatlarning saqlanishini ta'minlaydi.