Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev Yaponiya delegatsiya vakillari bilan uchrashdi

img

Joriy yilning 7-sentyabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev Yaponiya delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. 

 

Delegatsiya tarkibida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O'zbek-Yapon Yoshlar Innovatsion markazi, Kyushu universiteti vakillari uchrashuvda qatnashishdi. 

 

Uchrashuv davomida “Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar tadqiqotlari hamkorligi” (The Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development - SATREPS) loyihasi doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

 

Loyihaning asosiy maqsadi O'zbekistonda vodorod ishlab chiqarishning istiqboli yuqori ekanligini inobatga olgan holda quyosh energiyasi orqali tabiiy qazilma boyliklarini qazib olish jarayonida vodorod ajratib olish texnologiyasini joriy qilish ustida tadqiqotlar olib borishdan iborat.