Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Tailandning yetakchi akseleratsiya kompaniyasi "HUBBA Accelerator" asoschisi bilan uchrashdi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev Tailandning yetakchi akseleratsiya kompaniyasi "HUBBA Accelerator" asoschisi Charle Charoenphan bilan uchrashdi. 

 

Uchrashuv davomida Tailandda startap ekotizimini rivojlantirish tajribasi, xususan akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish masalalari va energetika, biotexnologiya va elektrotexnika sohalarida amalga oshirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi. 

 

Shuningdek, Bunyod Rahmatullayev "HUBBA" akseleratsion kompaniyasi vakillariga O'zbekistondagi startap ekotizimi, uning istiqbollari va davlatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so'zlab berdi va tizim bilan yanada yaqindan tanishish va ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida innovatsion g'oyalar haftaligi "INNOWEEK-2023" da qatnashishga taklif qildi. 

 

Uchrashuv so'ngida. Tailand tomon O'zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi va Innovatsiyalar Milliy ofisining "Milliy Hub" va "HUBBA" akseleratsiya dasturi o'rtasida qo'shma loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.