Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev Tailand Oliy ta'lim, fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy parkiga tashrif buyurdi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev Tailand Oliy ta'lim, fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy parkiga tashrif buyurdi. 

 

Tashrif davomida ilmiy parkda yaratilgan imkoniyatlar, tibbiy texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlar, innovatsiyalar va ularning natijalari bilan tanishildi. Bundan tashqari Tailandning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilish bo'yicha yetakchilikka erishish tajribasi va bunda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati o'rganildi.  Shuningdek, ilmiy parkda joylashgan biotexnologiyalar, energetika sohasi texnologiyalari va nanotexnologiyalar bo'limlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. 

 

Muzokaralar davomida Tailand Oliy ta'lim, fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi va xususan Ilmiy park bilan ikki davlat olimlari o'rtasida tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, hamkorlikda qo'shma tadqiqotlar o'tkazish va xalqaro grantlarga arizalar topshirish, shuningdek, startaplar uchun qo'shma akseleratsiya dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

 

Bundan tashqari, sun'iy intellekt bo'limi bilan hamkorlikda madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish bo'yicha hamkorlik ishlarini olib borish masalasi ham ko'rib chiqildi.