Innovatsiyalar Milliy ofisi hamda "Perfect" universiteti o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Innovatsiyalar Milliy ofisi hamda "Perfect" universiteti o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi
✅ Innovatsiyalar milliy ofisi Bosh direktor o'rinbosari Bunyod Raxmatullayev "Perfect" universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.
📌 Uchrashuv davomida Bunyod Raxmatullayev "Perfect" universitetining Akademik faoliyat bo’yicha prorektori Odilbek Asqaraliyev, "Raqamli texnologiyalar" kafedra mudiri Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Oybek Mallayev, "Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, professor Iroda Bakiyevalar bilan universitetda yoshlar ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan suhbatlashdi.
⏰ Shuningdek, yosh izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan loyihalar sanab o'tildi. Kelgusida universitet bilan ilm-fan va tadqiqot ilmiy g'oyalariga amaliy ko’maklashish jumladan, bakalavr hamda magistr bosqichidagi talabalarning startaplari, o'qituvchilarning ilmiy loyihalarini tijoratlashtirish doirasida hamkorlik qilishga kelishildi.
🟢 Uchrashuvda Innovatsiyalar Milliy ofisi hamda "Perfect" universiteti bilan memorandum imzolash, kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek raqamli texnologiyalar bo'yicha tajriba almashish haqida kelishib olindi.
✔️ Ma'lumot uchun, "Perfect" universiteti Toshkent shahrida joylashgan yangi nodavlat universitet hisoblanadi.