Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda dual taʼlimning oʻrni hamda fan, taʼlim, ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
Tadbir 2023-yil 28–29-noyabr kunlari Koreya-Oʻzbekiston texnoparkida oʻtkazilib, unda 350 nafarga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari, shuningdek, 60 nafardan ziyod xorijiy mehmonlar ishtirok etadi.
Anjuman davomida soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda dual taʼlimning oʻrni yuzasidan taqdimot va maʼruzalar qilinib, fan, taʼlim, ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati haqida xorijlik ekspertlar bilan fikr hamda tajriba almashiladi.
Shuningdek, mehmonlarga so‘nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya faoliyati tanishtirilib, qator korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolanadi.
На русском (https://edu.uz/ru/news/view/6220)
(https://edu.uz/en/news/view/6212)In English (https://edu.uz/en/news/view/6220)