Innovatsiyalar Milliy ofisi hamda Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi hamda Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi 
                                                                                                                                             ⏰ Innovatsiyalar milliy ofisining Loyiha ofisi boshqarmasi boshlig'i Kozimjon Uralov Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari polkovnik Sobir Djuraev bilan uchrashdi.                                                                                   

 🟢 Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatining  o't o'chirish yo'nalishida transfer texnologiyalarni amalga oshirish, xususan o't o'chiruvchi dronlarni O'zbekistonga transferini yo'lga qo'yish va sohada qo'llash  yuzasidan suhbatlashdi. 

✔️ Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari tomonidan o‘t o‘chiruvchi dronlarni O‘zbekistonga transferini yo‘lga qo‘yish taklifi berildi. 
                                                                                                                                                                              ✅ Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Innovatsiyalar Milliy ofisiga  xodimlar uchun mo'ljallangan maxsus formalarning sinovdan o'tkazish laboratoriyasini, suv toshqini, sel kelishi va shu kabi favqulotda vaziyatlarda tezkor suv to'g'onlarini qurishga mo'ljallangan yuk mashinasini, yirik shaharlarda tirbandlik vaqtida favqulotda vaziyatlarda manzilga tezkor yetib borish uchun maxsus qutqaruvchilar uchun anjomlangan motosikllarni ishlab chiqish va transfer qilish yuzasidan o'z takliflarini berdi.