Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Osiyo taraqqiyot bankining vakillari tashrif buyurdi

img

Uchrashuvdan asosiy maqsad, OTBning qayta tiklanuvchi quvvat va yashil iqtisodiyotini O‘zbekistonda rivojlantirish loyihasi bo‘lib, bu borada harakatlar strategiyasi ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilindi. 
 
OTB vakillari ushbu sohada O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilik va huquqiy normalarni  tahlil qilgan holda harakatlar strategiyasini yaratish ustida ish olib borilayotganligini ta'kidlab,  kelgusidagi rejalar to‘g‘risida muhokama o‘tkazish maqsadida kelganliklarini ma’lum qildilar. 
 
Ushbu dastur 10 asosiy komponentlardan tashkil topganligi jumladan, tashkilotlarni isloh qilish, davlat moliyasini samarali boshqarish hamda yerlarning cho‘llashishiga qarshi kurashish kabi muhim vazifalarni o'z ichiga olgan. 
 
Shuningdek, Vazirlik vakillari tomonidan Oliy ta’lim tizimida iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyotga o‘tish maqsadida qilinayotgan ishlar, loyihalar hamda imkoniyat va muammolar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi. 
 
OTB vakillari iqlim o‘zgarishlariga moslashish va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ishlab chiqilayotgan loyiha O‘zbekistonda deyarli barcha tarmoqlarni qamrab olishini ta’kidlab o‘tdilar.
 
Uchrashuv yakunida  tomonlar ushbu strategiyani ishlab chiqish va uni amalga oshirishda doimiy hamkorlik qilishga  kelishib oldilar.