Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi xodimlari "Orange slates" Marketing va Texnologiyalar bo‘yicha direktori Vishal Khutel bilan uchrashdi.

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi xodimlari Rural Health Care Foundation rahbari, Hindistonning Milliy yurak instituti Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori, Sanskritech kompaniyasi konsultanti Doktor Anand Kumar Tripathi, "INFINYT 3D"  kompaniyasi ta’sischisi va boshqaruv direktori Ryan Vaz hamda Strategiyalar va bisnesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Huseyn Shayx, "Orange slates" Marketing va Texnologiyalar bo‘yicha direktori Vishal Khutel bilan uchrashdi.
 
Uchrashuvda O‘zbekistonning real iqtisodiyoti sektori ehtiyojlariga oid qo‘shma ilmiy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, texnologiyalar transferi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalarida fikrlar almashildi.
 
Shuningdek, qandli diabet oqibatida ko‘zda kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlab beruvchi, Sun’iy intellektda orqali ishlovchi Medios AI qurilmasi bilan yaqindan tanishildi.  
 
Bundan tashqari,  uchrashuv davomida joriy yilning 11-12-13-iyun kunlari Hindistonda startap bo‘yicha o‘tkaziladigan birinchi "Indian First Startup Expo" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish taklif qilindi. 
 
 Uchrashuv so‘ngida, ushbu kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar ta’sis etish, kompaniya a’zolari tomonidan taqdim etilgan STEAM loyihasini O‘zbekistonning  litsey yoki kollejlarida ham test rejimida joriy etish haqida ham muzokaralar olib borildi.