Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi mavjud hamkorlik va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, 2023–2026-yillarda “Barqaror rivojlanish uchun ilm-fan, texnologiya va innovatsion parklar” loyihasi doirasida O‘zbekiston va Xitoy texnoparklari o‘rtasida tajriba almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish va qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishilgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, joriy yilning 14–16-noyabr kunlari “InnoWeek.uz-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida UNCTAD Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil qilishi ko‘zda tutilgani qayd etildi.