“InnoWeek-2024” doirasida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan “InnoWeek-2024” doirasida AKT-energetika-transport infratuzilmasini birgalikda qo‘llashni rag‘batlantirish orqali Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida hamkorlik imkoniyatlarini kuchaytirish loyihasi taqdimoti bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Unda xorijiy davlatlar vakillari va xalqaro toifadagi ekspertlar, ESCAP va UNECE kotibiyati vakillari, innovatsion startaplar va texnologik kompaniyalar,
tadbirkorlar ishtirok etmoqda
Mazkur loyihaning asosi sifatida “Infrastructure Co-deployment Partnership Portal” onlayn hamkorlik platformasi ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- yangi infratuzilma obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa mos infratuzilma loyihalarini topish;
- birgalikda infratuzilmani rivojlantirish uchun yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va o‘rganish;
- texnik muvofiqlik, iqtisodiy samaradorlik va hamkorlikda rivojlantirilgan infratuzilma loyihalarining foydasini baholash;
- potensial hamkorlarni qiziqtirish va hamkorlik loyihalarini shakllantirishdan iborat.