“INNOGEN" youth program dasturi natijadorligi bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi
Vengriyaning “Startup Campus Incubator Zrt.” kompaniyasi hamda boshqa xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Innogen youth program” dasturi doirasida tadbiri tashkil etiladi hamda saralangan loyihalarga investor jalb qilinadi.
Tadbirda Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jozef Rozsa, vazirlik va idoralar rahbarlari, startapchilar, innovatsion texnologik parklar, mahalliy
va xorijiy kompaniya vakillari, soha mutaxassislari, Vengriyaning “Startup Campus Incubator Zrt.” kompaniyasi vakillari, ilmiy muassasalar, venchur fondlar hamda Oliy taʼlim muassasalari professorlari ishtirok etishadi.
Maʼlumot uchun: Startup Campus- bu g‘oya bosqichidan bozorga chiqishgacha bo‘lgan innovatsion bizneslar uchun global dastur hisoblanadi. Ushbu dasturini davom amalga oshirish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi kuzatuv kengashining 2024-yil
15-yanvardagi 11-son bayoniga asosan 2024-yil may oyida Vengriyaning Budapesht shahriga qisqa muddatli ilmiy stajirovka amalga oshirilgan “Innogen youth program” dasturi doirasida Oliy taʼlim muassasalarining magistr va PhD talabalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari jalb qilingan holda kimyo texnologiyalari, to‘qimachilik, muqobil energetika, bio preparatlar hamda suv tejash texnologiyasiga asoslangan loyiha egalarini jalb qilinadi.
Bundan tashqari tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining loyihalar taqdimotini amalga oshirib, sertifikat hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Dasturning eng faol ishtirokchilari dunyoning yetakchi startaplarni
qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalari dusturlarida o‘z loyihalarini olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.