Xitoy xalq Respublikasining "ShenZhen Future Industrial Park" innovatsion texnoparki bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi hamda Xitoy xalq Respublikasining "ShenZhen Future Industrial Park" innovatsion texnoparki bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur anglashuv memorandumiga muvofiq, ushbu texnopark ko'magida mamlakatimizda innovatsion markaz tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalar va innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi korhonalarni mamlakatimizga jalb qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirishda tajriba almashish maqsadida bir guruh hodimlar Xitoyga xizmat safarini amalga oshirib, faoliyat bilan yaqindan tanishib qaytgan edi.
Kelgusida tibbiyot va sog'liqni saqlash, sun'iy intellekt, IoT, LED optoelektronika va yuqori texnologiyali sanoat parklari o'rtasidan hamkorlik o'rnatish, loyihalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish masalalari ko'rib chiqildi. Kelgusidagi rejalar belgilab olindi.