Muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika koʻrik tanlovlari oʻtkaziladi
Unda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari hamda 16 ta oliygoh rektorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik tanlovlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Bildirilgan fikrlar va takliflarni inobatga olgan holda tanlov o‘tkazish nizomi, vazifalari ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan fikrlar va takliflarni inobatga olgan holda tanlovni oʻtkazish nizomi hamda vazifalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2025-yilgi rejalari muhokama qilindi. Jumladan, institutning tajribali professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirib, xorijda malaka oshirganlar ulushini 60 foizga yetkazish, hamkor xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish, yil oxirigacha 230 nafar xorijiy mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb etish hamda milliy reytingni shakllantirish vazifalari belgilab berildi.
Oʻz navbatida, rektorlarga pedagog kadrlarning kurslarda ishtirokini taʼminlash yuzasidan masʼuliyat yuklatildi.