Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori órinbosari Bunyod Rahmatullayev Niderlandiyaning “Inner group” kompaniyasi asoschisi Eldert Besseling bilan uchrashdi

Bugun, joriy yilning 7-aprel kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori órinbosari Bunyod Rahmatullayev Niderlandiyaning “Inner group” kompaniyasi asoschisi Eldert Besseling bilan uchrashdi.
“Inner Group” — 2022-yilda Niderlandiyada tashkil etilgan innovatsion iqlim texnologiyalari kompaniyasi bo‘lib, muhandislar, tadbirkorlar va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar jamoasidan iborat. Kompaniya iqlim texnologiyalarini ishlab chiqish, innovatsion yechimlarni joriy etish, xalqaro ekologik va qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
“Inner Group” kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida talaba va yosh mutaxassislar uchun iqlim startaplarini yaratish tashabbusini ilgari surmoqda.
Uchrashuv davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va suv resurslarini boshqarish sohalarida qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, shu startap-inkubatorlar va akseleratsiya dasturlarini tashkil qilish, qo'shma pilot loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Taraflar ushbu sohada olib borilgan tajriba va amaliy dasturlar haqidagi ma'lumotlar bilan bo'lishib, hamkorlikning keyingi bosqichi sifatida memorandum imzolash va qôshma hakaton ôtkazishga kelishib olishdi.