“Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati va texnoparklar amaliyoti boʻyicha” seminar tashkil etildi

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi BMTning Savdo-sotiq va rivojlanish bo'yicha komissiyasi (UNCTAD) bilan hamkorlikda joriy yilning 6-8 may kunlari “Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati va texnoparklar amaliyoti boʻyicha” seminar tashkil etmoqda. 

Seminarni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Maxkamov ochib berdi va o'z nutqi davomida mamlakatimizda fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati borasida salmoqli yutuqlarga erishilayotganligi va oldinda hali ko'plab masalalarga yechim topish kerakligini alohida ta'kidladi.  

Tadbir davomida BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl va UNCTAD texnologiya va logistika bo'limining rivojlanish bo'yicha boshlig'i Liping Zhang ham so'zga chiqib, ishtirokchilarga sohaga oid yangi bilimlarni egallashda ulkan zafarlar tilashdi.  

Seminarning asosiy maqsadi - moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish, inkubatsiya va akseleratsiya sohalaridagi ilg‘or xalqaro tajribalarni tahlil qilish, investitsiyalarni jalb qilish va manfaatdor tomonlarning hamkorligini tashkil etish masalalarini o’rganib chiqishga qaratilgan.