STI texnoparklarini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi loyihasi tahlil qilindi

img

Bugun, joriy yilning 8-may kuni “Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati va texnoparklar amaliyoti” boʻyicha seminarning yakuniy qismida mamlakatimizda STI texnoparklarini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi loyihasi tahlil qilindi. 

Yo'l xaritasi loyihasi taqdimotini Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Farhod Djumayev o'tkazdi. Unga ko'ra STI parklari bilan bog'liq turli davlat idoralari o'rtasida muvofiqlashtirishni yaxshilash va manfaatdor tomonlarni jalb qilish masalalari ko'rib chiqildi. 

Taqdimot davomida BMTning Savdo-sotiq va rivojlanish bo'yicha komissiyasi (UNCTAD) ekspertlari va seminar ishtirokchilari bilan birgalikda loyihaning yutuq va kamchiliklari o'rganib chiqildi.