Innovatsiyalar Milliy ofisi va Xitoy mashinasozlik ta’limini rivojlantirish markazi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
                                Mamlakatimizdagi Renessans ta’lim universitetida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda Zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik texnologiyalari instituti ochildi.
Institutning ochilish marosimida Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev, Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev, Xitoyning O’zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Sun Changdon, Xitoy Mashinasozlik sanoati ta’limini rivojlantirish markazi o’rinbosari Wang Zhiqiang ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Innovatsiyalar Milliy ofisi va Xitoy mashinasozlik ta’limini rivojlantirish markazi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumning maqsadi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim va texnologik hamkorlik platformasini birgalikda yaratish, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sohasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni ta’minlashdan iborat.
Tadbir davomida mehmonlar Institutning ta’lim jarayonlari, o’quv xonalari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham tanishib chiqishdi.