O‘zbekiston – Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi doirasida parallel sho‘balar bo'lib o'tdi
                                Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston – Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi doirasida uchta asosiy yo‘nalish – oliy ta’lim va ilm-fan, professional ta’lim hamda innovatsiyalar va texnologiyalar transferiga bag‘ishlangan parallel sho‘balar bo'lib o'tdi. 
Xususan, Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan texnologiyalar transferi masalalariga qaratilgan uchinchi yo'nalishda 30 dan ortiq xitoylik olimlar va mutaxassislar, 20 dan ziyod mahalliy tadbirkorlar, 10 dan ortiq OTM va ilmiy-tadqiqot institutlari, 5 ta vazirlik vakillari qatnashishdi. 
Sessiya davomida qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish va texnoparklar faoliyati, shuningdek ushbu yo'nalishlarda hamkorlik va amaliy tajriba almashish mexanizmlari muhokama qilindi. 
Bundan tashqari, forumning ikkinchi kuni davomida ishtirokchilar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar natijasi o'laroq, Toshkent Inha universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Qarshi davlat universiteti kabi bir qator oliy ta'lim muassasalarida qo'shma laboratoriyalar tashkil etish va boshqa hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi. 
Shuningdek, dastur doirasida qatnashchilar uchun universitetlar va texnikumlarga tashrif buyurishdi.