Kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha uchrashuv tashkil etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari BMTning Savdo-sotiq va rivojlanish bo‘yicha komissiyasi (UNCTAD) va Xitoyning ArkInno Hub va Dongguan New Nanfang Science & Education Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish hamda zamonaviy kasblar uchun malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv so’ngida istiqbolli rejalar belgilab olindi va O‘zbekistonda kasbiy ta'limni rivojlantirish yo‘lida qo'shma hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishga kelishildi.