“Ilmdan biznesgacha” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
26-mart kuni “Payshanba-yoshlar kuni” doirasida faol va tashabbuskor talaba-qizlar uchun Innovatsiyalar Milliy ofisi va Yoshlar akademiyasi tomonidan “Ilmdan biznesgacha” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 150 ga yaqin talaba-qizlar ishtirok etdi. Tadbir talaba-qizlar orasida ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ularni tijoratlashtirish va dunyo bozoriga olib chiqishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan.
Tadbirda Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farxod Djumayev, Toshkent davlat transport universiteti professori – “Kelajak muhandislari” respublika ko’rik tanlovi gʻolibi Ziyoda Adilova, “MaktabGid” loyihasi asoschisi Nilufar Mahmudova g’oyani real loyihaga aylantirish va jahon miqyosiga olib chiqish bosqichlari haqida taqdimotlar o'tkazishdi. Shuningdek, loyihani MVP bosqichidan sotuvgacha olib chiqish masalalari ham ko'rib chiqildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida olib borildi va ishtirokchilarning g’oya va loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha yo’nalishlar belgilab olindi. Bildirilgan takliflar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilandi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali va respublika ko'rik tanlovi, ularda qatnashish shartlari va beriladigan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida tadbirda faol qatnashgan va o'zining innovatsion g’oyasiga ega bo’lgan talaba-qizlarga “MVP Tech” akseleratsiya dasturida qatnashish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi.