Kreativ va izlanuvchan talabalar uchun juda qulay imkoniyat!

🎓Kreativ va izlanuvchan talabalar uchun juda qulay imkoniyat!
📣Innovatsiyalar Milliy Ofisining Ishlanmalarni rivojlantirish va ularni prototiplashtirishga ko'maklashish bo'limi - talaba yoshlarni malakali mutaxassislar ko'magida o'quv amaliyoti o'tashga, o'z loyihasi ustida izlanishlar olib borib, ishlanmalarini rivojlantirishga taklif etadi.
Dastur doirasida siz talabalar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
▪️"Solidworks" dasturi yordamida 3D modellash;
▪️FDM va SLA texnologiyasida ishlovchi 3D printerlar yordamida modelni chop etish;
▪️3D skaneri yordamida jismning 3D modelini yaratish;
▪️Robototexnika va elektronikaga oid qurilmalaridan foydalanish;
▪️O'quv-tadqiqot dronlari yordamida o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirish.
📌Talabalar suhbat asosida saralab olinadi:
- Kreativ va intiluvchanlik;
- Xorijiy tillarni bilish (kamida 1 ta);
- Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabasi bo'lish;
- Muhandislik bo'yicha dastlabki ko'nikmaga ega bo'lish.
Amaliyot davomida faol bo`lgan va yaxshi natija ko`rsatgan talabalarga rezident maqomida mazkur bo'limda faoliyat yuritish imkoniyati beriladi.
P.S. Joylar soni chegaralangan. Shoshiling!
☎️Ma'lumot uchun telefon:
+998 99 870 08 56
+998 93 701 48 57
+998 99 865 85 05