Innovatsiyalar Milliy ofisi va Plug and Play venchur fondi o'rtasida memorandum imzolandi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi va dunyoning yetakchi innovatsion platformasi bo'lgan Plug and Play venchur fondi o'rtasida memorandum imzolandi. 

 

Memorandum doirasida startaplarni qo'llab-quvvatlash texnologiyalar transferi, innovatsiyalarni joriy qilish va Germaniya va boshqa ilg'or davlatlarning yirik texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatish ko'zda tutilgan. 

 

Xususan, uchrashuv davomida Plug and Play kompaniyasining Mobility Hub mashinasozlik bo'yicha bo'limi vakillari bilan ham muzokaralar olib borildi. Unda O'zbekistonning avtomobilsozlik bo'yicha Preen  innovatsion startap loyihasining taqdimoti o'tkazildi. Ekologik toza avtomobil chiqarish loyihasi germaniyalik mutaxassislarda juda katta qiziqish uyg'otdi va Plug and Plug vakillari bu startapga investitsiya jalb qilishda amaliy ko'mak berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 

 

Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda havo kulerlarini ishlab chiqarish innovatsion loyohasi va innovatorlarga o'z startapini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan "Asoschi" platformasi taqdimotlari ham o'tkazildi va ushbu loyihalarni moliyalashtirishda amalik ko'mak berish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi.